Afrikadagi eng badavlat kishi “Arsenal” klubni sotib olmoqchi



Nigeriyalik milliarder Ali Dangote yaqin yillar ichida Londonning “Arsenal” klubini sotib olishini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda iSport.ua nashri.

Dangote boyligi 10,9 milliard evroga baholanmoqda va u Afrika qit`asining eng badavlat insoni hisoblanadi.

“Arsenal” klubini sotib olishimga shubha yo`q. Bu muammo emas – pul bor. Bunga bir necha yil ketishi mumkin. Hozir esa qiladigan ishlarim ko`p”, – dedi Ali Dangote.

“Arsenal”ni sotib olishdan maqsad – uni yangi bosqichga olib chiqish. Biznesni boshqara olishimni bilganim uchun futbol klubini ham boshqara olishimga ishonaman”, – deya qo`shimcha qildi milliarder.

Dangote 1980 yillardar buyon “Arsenal”ga muxlislik qiladi. O`tgan yili Nigeriyada davlat valyuta kursi tushib ketgani uchun Ali 4,4 milliard dollar yo`qotdi va yil davomida eng ko`p pul yo`qotgan kishilar orasida to`rtinchi o`rinni egalladi. 


Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Afrikadagi eng badavlat kishi “Arse
Просмотров: 1208 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:43
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz