Главная » 2016 » Ноябрь » 22 » Afsonaviy bokschi Rufat Risqiev komaga tushib qoldi
20:36
Afsonaviy bokschi Rufat Risqiev komaga tushib qoldi





Afsonaviy bokschi Rufat Risqiev shifoxonada og`ir ahvolda yotibdi. Ma`lumotlarga ko`ra, bokschi koma holatida. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida jurnalist Dilshoda Matchonova xabar qoldirdi. 

“Rufat Asadovich komada… Unga salomatlik tilaylik”, deyiladi uning xabarida. 

Shu yilning sentyabr oyi oxirlarida Toshkent shahridagi 16-shifoxonada shifokorlar venalar trombozining og`irlashishi sababli Rufat Risqievning o`ng oyog`ini tizzadan pastini kesib tashlash uchun jarrohlik amaliyotini o`tkazishgandi. 

2 oktyabr kuni 67 yoshni qarshilagan Rufat Risqiev 1974 yilda Gavanada jahon chempioni bo`lishga erishgan. U shuningdek, 1976 yilgi Monreal Olimpiadasida finalga qadar etib borgan yagona sovet bokschisi hisoblanadi. Rufat Risqiev – Jahon chempioni va Olimpiya o`yinlarining kumush medali sovrindori. AQSh, Kuba, Avstriya, Yugoslaviya, Ispaniyada o`tkazilgan xalqaro turnirlar g`olibi. Markaziy Osiyodagi ilk xalqaro toifadagi professional boks sudyasi. “Hurmat Belgisi”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “El-yurt hurmati” ordenlari kavaleri. Yaqin o`tmishda – O`zbekiston Professional boks federasiyasining vise-prezidenti, ayni paytda – oddiy pensioner.
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Просмотров: 530 | Добавил: AdminoFF | Теги: Rufat Risqiev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: