Главная » SPORT YANGILIKLARI

Afsonaviy Muhammad Ali 74 yoshida vafot etdi


 

Amerikalik afsonaviy bokschi Muhammad Ali bugun 74  yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Ali bir necha kun oldin Finiksdagi kasalxonalarning biriga nafas olish yo‘lidagi muammolar sabab og‘ir ahvolda olib kelingan edi.

Ma’lumki, bokschi o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlab Parkinson kasali bilan kurashib keldi. Muhammad Ali so‘nggi bor 2014 yilning 20 dekabr kuni gospitalga yotqizilgandi. 2015 yilning 7 yanvar kuni esa shifokorlar unga uyga ketishi uchun javob berishgandi.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Ali professional faoliyati mobaynida 61ta jang o‘tkazib, shularning 56tasida g‘alaba qozongan edi. Nokaut bilan qozongan g‘alabalari soni 37ta tashkil qiladi. Beshta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgandi. 1960 yilgi Olimpiada chempioni 1999 yilda “Asr sportchi”si deb topilgandi. 


Источник: olamsport.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (04.06.2016)
Просмотров: 678 | Теги: boks, Muhammad Ali | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar