Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva oilaviy hayotiga putur yetkazgan Instagram-akkauntni sudga beradi


Aktrisa Shahzoda Muhamedova Instagram’dagi @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi faoliyatidan arz qildi, aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva esa bu Instagram-akkauntni sudga bermoqchi. Bu haqda ular jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Instagram’dagi @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi mening xunuk tushib qolgan eski suratlarimni qo‘yib, g‘iybatga zamin yaratdi. Yaqin dugonam, aktrisa Muqaddas Sa’dullayevani g‘iybat qilaverganidan, uning oilasi buzilib ketishiga bir bahya qoldi. Shu akkauntni yo‘qotib tashlash kerak”, — dedi Shahzoda Muhamedova.

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaning ta’kidlashicha, @mashhur_yulduzlar_oilasi sahifasi Muqaddasning “turmushga chiqqanidan toki bugungi kungacha bo‘lgan hayoti haqida muxlislarga g‘iybat tarqatadi”.

“Ajrashganim yo‘q, ammo Instagram’dagi shu sahifa tufayli oilamizda ancha-muncha gap chiqdi. Homiladorlik vaqtimda bir necha bor ulardan birovning hayotiga aralashmaslikni, tinchini buzmaslikni so‘radim, biroq murojaatlarim besamar ketdi. Bu sahifani o‘chirtirib tashlash uchun sudga arz qilmoqchiman”, — dedi aktrisa.

Avvalroq aktrisa Shahzoda Muhamedova Instagram’dagi uning nomidan ochilgan soxta akkauntlardan shikoyat qilib, ulardan biri aktrisaga: “Nega mening nomimdan sahifa ochib olding?!”, — deb tahdid qilganini aytib o'tgan.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari
Просмотров: 2399 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:54
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz