Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Aktrisa Shahzoda Matchonova unashtirilgani ma’lum qilindi
 



 
Aktrisa Shahzoda Matchonova turmushga chiqmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” aktrisaning Instagram’dagi sahifasiga joylagan surati orqali ma’lum qildi.
Shahzoda barmog‘iga nikoh uzugi taqilgani aks etgan suratni Instagram’dagi sahifasiga joyladi. Uning hamkasblari va yaqinlari Shahzodani unashtiruv bilan qutlab, baxt-saodat tilamoqda. Aktrisani mashhurlardan xonanda Ruxshona, dizayner Dildora Qosimova, aktrisa Gulnora Qosimova, klipmeyker Yodgor Nosirov, boshlovchi Oyxon Iforzoda tabrikladi”, – deyiladi xabarda.
 
Xabarda ta’kidlanishicha, Shahzoda bundan avval ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bir necha marotaba sevgan insonini uchratganiga ishora qilgan edi.
 
Shahzoda Matchonovaning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i kim ekani hozircha noma’lum.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (17.11.2016)
Просмотров: 979 | Теги: Shahzoda Matchonova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar