Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Aktrisa Shahzoda Muhammedova buvisi va singlisi bilan Abu-Dabidagi Shayx Zayd masjidini ziyorat qildi

 


Aktrisa Shahzoda Muhammedova ayni damda buvisi va singlisi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Darakchi.uz”.


“Sayohatning dastlabki kunlarida Shahzoda hoji buvisini Dubayning eng diqqatga sazovor bo‘lgan joylariga olib bordi. Shulardan biri dunyoning eng baland binosi – 828 metrli Burj Xalifa bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.


Bugun tongda esa aktrisa va uning yaqinlari Abu-Dabiga yo‘l olib, Shayx Zayd masjidini ziyorat qildi.


“Ra’no hoji buvim bilan Shayx Zayd masjidiga yetib keldik. Ular Madinaga haj ziyoratiga yana kelgandek bo‘ldim, dedilar”, – deb yozadi aktrisa Instagram’dagi sahifasiga.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (01.11.2016)
Просмотров: 320 | Теги: Shahzoda Muhammedova | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
avatar