Aktrisa Shaxzoda Muxammedova turmushga chiqyapti?!


Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova doim e’tibor markazidagi shou-biznes vakillaridan biri bo‘lib kelgan. U haqidagi mish-mishlarni-ku aytmasa ham bo‘ladi. Aktrisaning bugun tongda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan surati yana yangi gap-so‘zlarga sabab bo‘ldi.

Navbatdagi suratda Shahzoda Muhammedova kelinlar libosida namoyon bo‘lgan. Bilishimizcha, bu surat kelin ko‘ylaklari do‘konida olingan. Aktrisa esa surat tagiga izoh shaklida “yurakcha” belgisini qoldirgan.

Bundan biroz avval yosh aktyor Azamat Ahrorov aktrisa Shahzoda Muhammedovaning qo‘lini so‘ragani, sovchi jo‘natgani haqida xabar bergan edik. Aktrisa bu xabarni tasdiqlab, Azamatning taklifiga hali rozi bo‘lmaganini, o‘ylab ko‘rish niyati borligini aytgandi. Shahzoda Muhammedovaning kelin ko‘ylakdagi surati ijtimoiy tarmoqlarda to‘y bilan bog‘liq gap-so‘zlarning yana alanga olishiga sabab bo‘lmoqda. Aktrisaning ko‘pchilik muxlislari unga kelinlik libosi juda yarashganini aytib, to‘y bilan tabriklashmoqda. Biz esa Shahzoda Muhammedova bilan bog‘landik.

“O‘zim ham shu surat masalasida qo‘ng‘iroq qilasizlar, deb o‘ylagandim. Ortiqcha shov-shuvlarga o‘rin yo‘q. Yaqinda “Top dizayner” ko‘rsatuvida ishtirok etishim kerak. Shu ko‘rsatuv uchun libos tanlash jarayonida suratga tushib, uni Instagram’ga joyladim, xolos. Agar to‘yim belgilansa, o‘zim xabar beraman”, – deydi aktrisa.  


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Shaxzoda Muxammedova
Просмотров: 5611 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:14
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz