Aktyor Javohir Zokirov: Zulfiqor Musoqovning filmlarida rol o‘ynamagan bo‘lardim, Hilol Nasimovning esa birorta filmi yoqmaydi

Rejissor Rustam Sa’diyevning “Sotqin” va “Baron” filmlaridagi ishtirokidan so‘ng o‘zbek kinoixlosmandlari uchun qaytadan kashf etilgan aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” nashri tomonidan tashkil etilgan “Yulduz-onlayn” loyihasida qatnashib, muxlislar tomonidan yo‘llangan savollarga javob qaytardi.

Darakchi.uz”ning yozishicha bir qator savollar aktyorning o‘zbekistonlik rejissorlar va ularning filmlariga nisbatan munosabati haqida bo‘lgan.

“Yolqin To‘ychiyev, Ayub Shahobiddinov, Zulfiqor Musoqovning filmlarida hech qachon rol ijro etmagan bo‘lardim. Agar juda katta gonorar to‘lashsa, o‘ylab ko‘rishim mumkin. Hilol Nasimovning esa birorta filmi yoqmaydi”, — dedi Javohir Zokirov.

Javohir Zokirov nima uchun faqat Rustam Sa’diyevning filmlarida suratga tushayotgani haqida savolga ham javob qaytardi.

“Birinchidan, ko‘p rejissorlarning ishidan qoniqmayman — Rustam akaning ishidan qoniqmagan vaqtlarim bo‘lgan. Ikkinchidan, men Rustam Sa’diyevning filmlaridan tashqari xorijiy rejissorlar bilan ham ko‘p bora ishlaganman”, — dedi Javohir Zokirov.

“Bir ma’lumotni aytib o‘tmoqchi edim: ‘Sotqin’da rol ijro etish taklifi o‘zimdan chiqqan. Tez kunlarda Sanjar Shodiyevning ‘Seni o‘zim boy qilaman’ komedik drama janridagi filmi ekranlarga chiqadi. Bu filmda ham rol ijro etdim”, — deya qo‘shimcha qildi aktyor.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Javoxir Zokirov
Просмотров: 1057 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:34
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz