Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Aktyor Otabek Mahkamov Garri Potterga atlas sovg`a qildi(Foto)




Aktyor va huquqshunos Otabek Mahkamov AQShga safari chog`ida britaniyalik mashhur aktyor, “Garri Potter” filmlaridagi ijrosi bilan o`zbekistonlik kinoixlosmandlariga yaxshi tanish Deniel Redkliff bilan uchrashdi. Bu haqda Otabek Mahkamov o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi. 



Deniel Redkliff bilan uchrashuvimiz chog`ida men unga va onasiga atlas sharf sovg`a qildim. Sharf unga o`zbekistonlik muxlislari, do`stlari va hamkasblari haqida eslatib turadi”,—deb yozdi aktyor o`z sahifasida.

Aktyorning ma`lum qilishicha, uning Gollivud aktrisalari borasidagi fikri Denielniki bilan mos kelmagan. Ya`ni Deniel aktrisalar Skarlett Yoxanson va Natali Portman ijodini yoqtirishini ma`lum qilgan. Otabek Mahkamov esa Jeyn Fonda, Meril Strip va Xelen Miron kabi aktrisalar ijrosini ma`qul ko`radi.


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (18.08.2016)
Просмотров: 766 | Теги: Otabek Mahkamov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar