Главная » 2016 » Август » 25 » Aktyor Stiven Sigal Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi
17:51
Aktyor Stiven Sigal Qirg‘izistonda o‘tkaziladigan Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etadi




Taniqli Gollivud aktyori Stiven Sigal Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan ikkinchi Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etmoqchi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Jahon kinosi yulduzi – kinoprodyuser, ssenariynavis, kinorejissor, musiqachi va jang san’ati ustasi Stiven Sigal o‘yinlar ochilishiga tashrif buyurishga va’da berdi”, – deya ma’lum qildi musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish kotibiyati. Kotibiyat xodimlarining qayd etishicha, Sigal Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev taklifiga binoan mamlakatga tashrif buyuradi. “Sigal javob xatida Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlarida ishtirok etishini tasdiqladi va taklif uchun minnatdorchilik bildirdi”, – dedi musobaqa tashkilotchilari.
Ikkinchi Xalqaro ko‘chmanchilar o‘yinlari Qirg‘iziston Issiqko‘l viloyati, Cho‘lpon-Ota shahrida 3–8-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 40 mamlakatdan 2 mingga yaqin ishtirokchi 23 ta etnik sport turida, shu jumladan, ot chopish, kurash, ov qilish bo‘yicha bellashadi.
Прикрепления: Картинка 1
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Просмотров: 366 | Добавил: AdminoFF | Теги: Stiven Sigal | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: