Главная » DUYNO XABARLARI

Aleksandr Lukashenko Samarqandga tashrif buyurdi





Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 6-oktabr, payshanba kuni ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi. “Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, bortida Belarus davlat rahbari bo‘lgan samolyot Samarqand aeroportiga qo‘ndi.
Belarus prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Aleksandr Lukashenkoni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, bosh vazir Shavkat Mirziyoyev kutib olgan.
 
Aleksandr Lukashenko Shohi Zinda xotira majmuasi yonida joylashgan Hazrati Hizr qabristoniga tashrif buyurib, Islom Karimov qabriga gullar qo‘ydi. Shundan so‘ng yig‘ilganlar O‘zbekiston Birinchi Prezidenti xotirasiga bir daqiqa sukut saqladi.
 
Shundan so‘ng Aleksandr Lukashenko Forumlar saroyiga tashrif buyurib, Islom Karimov surati ostiga gullar qo‘ydi. Shu yerda Lukashenko O‘zbekiston Birinchi Prezidenti turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova bilan muloqotda bo‘lib, unga hamdardlik bildirdi.

Источник: Daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (06.10.2016)
Просмотров: 198 | Теги: Shavkat Mirziyoyev, Aleksandr Lukashenko | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar