Ali Otajonov Ortiq Otajonovning soxta nabirasidan ogohlantirdi


Bugun shou-biznes olamida konsertlar soni ortgani sayin qalbaki chiptalar bilan savdo qilayotganlarning ham ishi baroridan kelyapti. Odamlar esa ko‘p hollarda qaysi chipta haqiqiy, qaysisi soxta ekanini farqlolmay qolyapti.

Xonanda Ali Otajonov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali tanish-bilishlari va muxlislariga tezkor xabar bilan yuzlandi. Otajonovlar sulolasining davomchisi Ali Otajonovning ma’lum qilishicha, bir yigit “Men Ortiq Otajonovning nabirasiman”, – deb O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning joriy yilning aprel oyidagi konsert dasturiga qalbaki chiptalar sotib yurgan ekan. Xonanda Ali Otajonov bobosining nomidan foydalanib, odamlarni chuv tushirib yurgan bu yigitni topganlarga sovg‘asi borligini aytib, ma’murining raqamini ham yozib qoldirgan.

Konsert dasturlariga qalbaki chiptalar sotilishi bilan bog‘liq holat birinchi bor kuzatilayotgani yo‘q. Avvallari ham O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Alisher Fayz, Rayhon G‘aniyev, xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning konsert dasturlariga qalbaki chiptalar sotilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Ortiq Otajonov, Ali Otajonov
Просмотров: 1650 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:02
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz