Alisher Usmonov 110 metrli yaxtasini sotuvga qo‘ydi

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli 110 metrli “Ona” yaxtasi sotilmoqda. Bu haqda Yacht Harbour’ga tayangan holda “RBK” xabar bermoqda.


 

Yaxtada 20 mehmon va 47 kishilik ekipaj joylashishi mumkin. Kema 21 uzel tezlikda harakatlanishi mumkin. Bundan tashqari, uning bortida hovuz va vertolyot maydoni bor. 2008-yili qurilgan yaxtaning narxi oshkor etilmayapti. 2013-yilda Forbes yaxta bozoridagi manbalariga tayangan holda uning narxi 200 million dollarni tashkil etishi mumkinligini yozgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Usmonov kattaroq yaxtaga — 156 metrli “Dilbar”ga ega bo‘lganidan so‘ng “Ona” ni sotuvga qo‘ydi. Ilgari “Dilbar” nomi 110 metrli yaxtaga tegishli edi, keyinchalik uning nomi “Ona” deb o‘zgartirildi. Hozirgi “Dilbar” dunyodagi eng katta yaxta hisoblanadi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Alisher Usmonov 110 metrli yaxtasin
Просмотров: 1239 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:18
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz