Главная » DUYNO XABARLARI

Alisher Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmasligini aytdi





Alisher Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmaydi, deyilgan Usmonovning matbuot-xizmati tomonidan yo‘llangan press-relizda.
“Bundan oldin ham bir necha bor ta’kidlangani kabi, Alisher Usmonov O‘zbekistonning siyosiy hayotida ishtirok etmaydi.
Bu mavzu atrofida tarqalib ketgan mish-mishlar kon’yuktura bilan bog‘langan bo‘lib, aslida haqiqatdan yiroq. Janob Usmonovning O‘zbekistonda do‘stlari va qarindoshlari ko‘p. Agarda O‘zbekiston hukumati Alisher Usmonovga biror yordam yuzasidan murojaat etsa, u kishi “foydasi tegayotganidan” faqatgina xursand bo‘ladilar.
Janob Usmonov o‘zining tarixiy Vataniga omad va ravnaq tilashini alohida ta’kidladilar”, — deyilgan matbuot-xizmatining rasmiy axborotida.

 

Источник: protoday.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (14.10.2016)
Просмотров: 564 | Теги: Alisher Usmonov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar