Alisher Usmonov o‘zining Apple va Facebook aksiyalarini sotib yubordi

Rossiyaning eng badavlat kishisi Alisher Usmonov Amerikaning ikkita kompaniyasi – Apple va Facebook’ning o‘ziga tegishli aksiyalarini sotib yubordi. U mablag‘larini Xitoyning texnologiya kompaniyalariga yo‘naltiradi. Bu haqda USM Advisors rahbari Ivan Streshinskiy Bloomberg axborot agentligiga xabar berdi, deb yozadi forbes.ru sayti.

"Xitoy kompaniyalariga bizning xorijiy internet investitsiyalarimiz portfelining taxminan 70–80 foizi to‘g‘ri keladi”, – deydi Streshinskiy. Uning aniqlik kiritishicha, mablag‘larning katta qismi Alibaba, JD.com va shu kabi bir qator "katta potensialga ega” kompaniyalarga yo‘naltiriladi.

USM Advisors rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Usmonov o‘zidagi Apple aksiyalari paketini yaqindagina sotib yuborgan va Facebook’dagi ulushini ham muntazam kamaytirib kelayotir. "Umid qilamizki, Xitoy internet-kompaniyalariga kiritgan investitsiyalarimiz ham xuddi Amerikadagi kompaniyalardagi kabi, hatto undan oshiqroq daromad keltiradi”, – deydi u.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, Xitoy Rossiyaning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi. "Biz Rossiyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qilinishi ehtimolidan tashvishdamiz, biroq bunda o‘z biznesimiz uchun salbiy oqibatlar ko‘rmayapmiz. Xitoy biror sanksiya kiritmaydi, demak, biz rublda, yuanda, Gonkong yoki Singapur dollarida savdo qilishimiz mumkin”, – deydi Streshinskiy.

Aytib o‘tish kerakki, 2013-yilning oxirida Alisher Usmonov Apple’ning 100 million dollarlik aksiyalarini sotib olgan edi. 2014-yilda esa u Forbes versiyasi bo‘yicha eng boy rossiyalikka aylandi. Mazkur milliarder investitsiya kiritayotgan Alibaba Group Xitoydagi eng yirik internet savdo maydoni bo‘lib, tahlilchilar uning qiymati kamida 140 milliard dollarga tengligini qayd etishgan.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Apple, Facebook, Alisher Usmonov
Просмотров: 2689 | Рейтинг: 5.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 09:57
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz