Главная » DUYNO XABARLARI

Alisher Usmonov Sardiniyada dunyodagi eng katta yaxtaning dengizga chiqishini nishonladi




Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga tegishli 545 million yevrolik (600 million dollar) yaxta birinchi marta dengizga chiqarildi. Bunga bag‘ishlangan tantanali marosim Sardiniya orolida o‘tkazildi. Shouda ishtirok etish uchun xalqaro miqyosda mashhur san’atkorlar — Robbi Uilyams, Andrea Bochelli, Sharl Aznavur va Karla Bruni taklif etildi, deb xabar beradi ABC.

Forbes versiyasi bo‘yicha Rossiyaning eng badavlat insonlari orasida 3-o‘rinda turuvchi Alisher Usmonov dunyodagi eng katta deb baholanayotgan yaxtani onasining sharafiga “Dilbar” deb atagan. “Dilbar” 156 metr uzunlikka, 23 metr kenglikka, 30 metr balandlikka, 3800 kvadrat metr yashash maydoniga ega. Uning tezligi 22,5 uzelga chiqadi. Yaxta uzunligi bo‘yicha jahonda 4-o‘rinda, tonnaji bo‘yicha esa 1-o‘rinda: 15 917 tonnalik suv transporti bu ko‘rsatkich bo‘yicha ilgarigi rekordchi — Ummon sultoniga qarashli 15 850 tonnalik Al Said yaxtasidan o‘zib ketdi. Yaxta 80 kishilik ekipajga mo‘ljallangan.
Yaxta Sardiniyaning Zumrad sohilidan yo‘lga chiqdi. Marosimda Rossiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov ham ishtirok etdi. Shundan so‘ng Alisher Usmonov uni Kali di Volpe va Romatssino o‘rtasida, Sardiniyadagi villasi qarshisida bog‘lab qo‘ydi.



Источник: daryo.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (20.07.2016)
Просмотров: 478 | Теги: Alisher Usmonov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar