Америкада 11 ёшли қотилга 8 йиллик қамоқ жазоси берилди.


Oktabr oyida 11 yoshli bola qo‘shnisi Makkaylani kuchukchalarini ko‘rsatishdan bosh tortgani uchun otasining quroli bilan otib o‘ldirgan edi. Voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi Tenessi shtati sudining qaroriga ko‘ra, bolakay qasddan odam o‘ldirganlikda aybdor deb topildi va u endi 19 yoshigacha axloq tuzatish kaloniyalarida hayot kechiradi.

“Ria.ru” nashrining ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy aholini hayratga solgan mazkur voqea mana bunday sodir bo‘lgan. 3 oktabr kuni Uayt Pain shaharchasida yashovchi 8 yoshli qizaloq Makkayla Daer dugonalari bilan uyining oldidagi maydonchada o‘ynayotgan edi. 11 yoshli qo‘shnisi esa o‘z uyining oynasidan qaragancha qizaloqdan kuchuk bolalarini ko‘rsatishini so‘raydi. Undan rad javobini olgach, bolakay otasining quroli bilan qizaloqni nishonga oladi. Makkayla qurol haqiqiy emas, deya bolakayning ustidan kuladi. Shu payt jahli chiqqan bola qurol o‘qlanganligini tekshirib oladi va o‘q uzadi. Qizaloq boshidagi jarohatidan xushini yo‘qotadi va ko‘p vaqt o‘tmasdan onasining qo‘lida jon beradi.

Sudya ish tafsilotlari bilan tanishib chiqqach, qarorni o‘qib eshittirar ekan, “Qasddan qilgan jinoyati uchun bolani ozodlikka chiqarib yuborilishi mumkin emas”, – deb qo‘shimcha qiladi. Mahalliy qonunlarga ko‘ra, matbuot voyaga yetmagan jinoyatchining ism familiyasini e’lon qilmaydi. Jinoyat ishining materiallarida qo‘shimcha qilinishicha, bolakayning otasi va bobosi quroldan texnik foydalanish usullarini o‘rgatishgan.

Amerikada o‘q otuvchi qurollardan yuqoridagidek qotilliklar sodir etilishi odatiy hol emas, lekin ko‘p holatlarda quroldan to‘g‘ri foydalana olmaslik va ehtiyotsizlik tufayli jinoyatlar uchrab turadi.
Yodgor Abdullo


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: АмериКа, 11 ёш, қотил
Просмотров: 1175 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz