Amerikada Sovuq havo harorati tufayli odamlar halok bo‘ldi


AQShning shimoli-sharqiy qismida bo‘ron, ayoz, qor yog‘ishi va noodatiy past haroratlar bilan kechayotgan yomon ob-havo oqibatida halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi, deb xabar berdi Oko-planet.su nashri.

Aksariyat odamlar yo‘l-transport hodisalari yoki sovqotish oqibatida halok bo‘lgan. shimoli-sharqiy shtatlarning 100 mingdan ko‘proq aholisi kuchli shamol va qor tufayli elektr ta’minotisiz qolgan.

Sovuq ob-havo sababli Amtrak transport kompaniyasiga tegishli, Mayamidan Nyu-Yorkka ketayotgan yo‘lovchi poezdining uchta vagoni relslardan chiqib ketgan. Bunga relslarda muzlab qolgan, yo‘nalishlarni o‘zgartirish strelkasi sabab bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo yomon ob-havo sababli favqulodda vaziyat tartibi kiritilishini e’lon qildi.

Ba’zi hududlarda 30 sm gacha qor yoqqan. Ob-havo mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, shunday sovuq harorat dam olish kunlari ham saqlanib qoladi.



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: amerika, Sovuq havo
Просмотров: 1380 | Рейтинг: 5.0/2

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 12:58
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz