Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Antisanitariya ahvolda o`z uyida lavash xamirini tayyorlab sotgan "tadbirkor" jazolandi


27 yoshli Anvar Abduvaliev pul orttirishning noqonuniy yo`lini tanlab, nafaqat davlatga iqtisodiy zarar etkazgan, balki minglab iste`molchilarning sog`liqlarini ham xavf ostida qoldirgan, deb yozadi “Uz24.uz” “Iste’molchi” gazetasiga asoslanib.

Gap shundaki, u o`z uyida yashirin sex tashkil qilib,  “Lavash” eguligi uchun xamir tayyorlashni yo`lga qo`yadi. Oldindan jinoiy til biriktirgan sheriklari bilan sexda tayyorlangan qo`lbola xamirlarni Toshkent shahar va viloyatidagi o`nlab umumovqatlanish shoxobchalariga tarqatadi. “Tadbirkor” u ishlarni hech qanday hujjatlarsiz amalga oshiradi, ya`ni iste`molchilarning sog`lig`i uchun xavfsizlik kafolati bo`lmagan mahsulotlarni naqd pulga o`tkazib, qo`lga kiritilgan tushumni o`zlashtirib yuboradi.

Bir necha oy olib borgan “qizg`in faoliyati” tufayli Anvar millionlab so`m daromadini soliqdan yashirishga erishadi. Biroq uning noqonuniy faoliyati aniqlanib, qilmishi fosh bo`ldi. Abduvaliev 9,5 million so`m pulni sanab olayotganda qo`lga olindi.

SVOJJDLQK departamenti xodimlari sexdagi ishlab chiqarish sharoiti bilan tanishganda, joy antisanitariya ahvolda ekani ma`lum bo`ldi.

O`zbekiston Respublikasi JKning 186-moddasining 1-qismi, 188-modda 2-qismi “v” bandi bilan ayblangan A.Abduvalievning qilmishlarini Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Bektemir tuman sudi ko`rib chiqib, aybdorga tegishli jazo tayinladi.


 


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (30.05.2016)
Просмотров: 226 | Теги: lavash | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar