APL. “Lester” muddatidan avval chempion bo‘lish masalasini “Yunayted” bilan o‘yinda hal eta olmadi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasi 36-turining markaziy o‘yinida “Manchester Yunayted” hamda “Lester” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. 1:1 hisobi bilan yakuniga yetgan o‘yindan so‘ng “Lester” muddatidan avval chempion bo‘lib olish masalasini o‘zi hal eta olmadi.

Uchrashuvning 8-daqiqasiga kelib mezbonlar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, oradan yana sakkiz daqiqa o‘tib Klaudio Ranyeri jamoasi muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda gol urish hech bir futbolchiga nasib qilmadi.

36-turdan keyin “Lester” 77 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 2-o‘rinda borayotgan “Tottenhem” hisobida 69 ochko bor. London klubi o‘z hisobidagi uchta o‘yinda zafar quchsa va “Lester” kelasi ikki turda mag‘lub bo‘lsa, u holda chempionlik “Tottenhem”ga nasib etadi.

Shuningdek, 36-turda “Tottenhem” mag‘lub bo‘lsa, “Lester” o‘z-o‘zidan 36-turdan keyinoq mamlakat chempioniga aylanadi. Ma’lumot uchun, “Tottenhem” 36-turni 2-may kuni “Chelsi”ga qarshi o‘tkazadi. G‘alabadan boshqa har qanday natija “Tottenhem”ni chempionlikdan ayiradi.

“MYu” esa ochkolari sonini 60 taga yetkazib olgani holda, 5-o‘rindan joy olgan. “Arsenal” hisobida 67, “Manchester Siti”da 64 ochko borligi inobatga olinsa, “Yunayted” katta ehtimol bilan Chempionlar Ligasidan chetda qolishi mumkin.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: lester, APL
Просмотров: 987 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:00
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz