App Store do‘konida yuzlab zararkunanda dasturlar aniqlandi


SourceDNA kompaniyasi hisobot e’lon qildi, unda ta’kidlanishicha, App Store dasturlar do‘konida 256 ta zararkunanda dastur aniqlangan, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Apple’dagilar muammo borligini tasdiqladi.
Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘playdigan dasturiy ta’minot Youmi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan edi. Bunday modullar dastur ishlab chiquvchilariga mahsulotlarga reklama joylash imkonini beruvchi instrumentlar paketi sifatida taklif etilgan. Virusli dasturiy ta’minot ma’lumotlarni faqat o‘z yaratuvchilariga jo‘natgani tufayli, begona dasturlarni ishlab chiquvchilar foydalanuvchilar haqida axborot to‘planayotganidan shubha ham qilmagan.
Apple’dagilar virusli dasturlar App Store’dan eng qisqa vaqtlar ichida o‘chirib tashlanganini ta’kidladi.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: dasturlar, do‘kon, aniqlandi, yuzlab, zararkunanda, App Store
Просмотров: 805 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz