Apple, Google, Samsung va Microsoft “o‘g‘irlikka qarshi” bitimni imzoladi

Smartfonlar  tarixida mutlaqo yangi bosqichni boshlab berayotgan mazkur texnologiya yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan mobil vositalaridagi barcha ma’lumotlarni masofadan turib o‘chirib tashlash va telefon faoliyatiga “blok” o‘rnatish  imkonini beradi. Shuning bilan birga, qurilma o‘z egasiga qaytarilgan taqdirda ma’lumotlarni qayta tiklash imkoniyati saqlab qolinadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Re/code  ma’lum qilishicha, “o‘g‘irlikka qarshi” ixtiro qilingan ushbu texnologiya bo‘yicha bitimni Apple, Google, HTC, Huawei, Motorola, Microsoft, Nokia va Samsung kompaniyalari Amerikaning aloqa operatorlari bilan hamkorlikda imzolashgan. Unga ko‘ra, tomonlar 2015-yilning iyul oyidan sotuvga chiqariladigan smartfonlarda yuqorida qayd etilgan texnologiyaning to‘liq amal qilishini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmalariga olishgan.

Shunga o‘xshash texnologiyalar ba’zi kompaniyalar tarafidan amalga tadbiq etib bo‘lindi ham. Jumladan, Apple kompaniyasining  iOS 7 operatsion tizimidagi Activation Lock deb ataladigan funksiya qurilmaning sozlamalari dastlabki holatga qaytarilgan taqdirda ham foydalanuvchining shaxsiy parolini talab qiladi.

Amerikada siyosiy doiralar smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning ushbu tashabbusini iliq qarshi olishdi, biroq muammoning yechimi uchun bu kamlik qilishini ta’kidlayotganlar ham yo‘q emas. Jumladan, Kaliforniya shtati senatori Mark Leno shunday deydi: “Men ushbu sohaning taraqqiyot sur’atlaridan hayratdaman, biroq mobil vositalar sanoati o‘z xaridorlarini himoya qilish va ko‘chalardagi xavfsizlikni ta’minlash masalasini qisman emas, to‘laligicha hal qilish choralarini taklif qilishi kerak.”

Eslatib o’tamiz, Amerika Ommaviy Axborot Vositalarida chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, birgina Nyu-York shahrida 2013-yilda sodir etilgan jami jinoyatlarning 14 foizini iPhone smartfonlari o‘g‘irligi tashkil etgan.



Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: samsung, Google, Apple, microsoft
Просмотров: 1530 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz