Apple rahbari shaxsiy kompyuterlarning davri tugaganligini e’lon qildi


Apple bosh direktori Tim Kuk hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarga ehtiyoj yo‘qolganligini ma’lum qildi. Bu haqda The Telegraph xabar beradi.
“Shaxsiy kompyuterlarga qaraganingizda bir savol paydo bo‘ladi: hali ham uni sotib olishga zarurat bormi?” — deydi Kuk.
Uning fikriga ko‘ra, shaxsiy kompyuter va noutbuklarning o‘rnini iPadPro kabi planshetlar egallamoqda. Odamlar undan foydalana boshlaganda, “ularga boshqa hech narsa kerak bo‘lmasligi haqidagi xulosaga keladi”, deb hisoblaydi Apple rahbari.
O‘lchami planshetnikiga yaqinlashayotgan smartfonlar haqida so‘z yuritib, Kuk shuni ta’kidlaydi: “Agar sizning katta smartfoningiz bo‘lsa, unda sizga iPad mini’ga ehtiyoj bo‘lmaydi deb o‘ylayman”.
Apple bosh direktori kompaniya sog‘liqni saqlash sohasida biror dastur yaratish haqida o‘ylayotganligini ma’lum qildi.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: tugaganligini, kompyuter, e’lon qildi, Davr, Apple rahbari, shaxsiy
Просмотров: 930 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 22:55
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz