AQSh boshchiligidagi koalitsiya zarbasidan 62 nafar suriyalik harbiy halok bo'ldi



Rossiya mudofaa vazirligining Suriya bo'yicha rasmiy vakili general-mayor Igor' Konashenkov IShIDga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlarining suriyalik harbiylar pozitsiyalariga bergan aviazarbasidan keyin IShID hujumga o'tganini ma`lum qildi.  

"Bugun Moskva vaqti bilan soat 17.00 dan 17.50 gacha Daur-az-Zor aerodromi yaqinida "IShIDga qarshi koalitsiya" samolyotlari tomonidan IShID terrorchilik guruhi qurshovida bo'lgan Suriya hukumat qo'shinlari bo'linmalariga 4 ta aviazarba berildi. Havo zarbasi berilgandan keyinoq IShID hujumga o'tdi", deyilmoqda habarda.

Koalitsiya samolyotlari Suriyaga Iroq tomondan kirgan. Zarba oqibatida 62 nafar harbiy halok bo'lgan, yana 100 ga yaqini yarador bo'lgan.

"Agar bu zarba nishonning hato koordinatalari tufayli berilgan bo'lsa, unda bu AQShning Suriyada terrorchilik guruhlariga qarshi harakatlarini Rossiya bilan muvofiqlashtirishni qat`iyan istamayotganining bevosita oqibatini anglatadi", deb aytdi Konashenkov.

Ma`lum qilinishicha, aerodrom hududida terrorchilar bilan qaqshatqich janglar ketmoqda.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: AQSh boshchiligidagi koalitsiya zar
Просмотров: 844 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:20
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz