Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

AQSh Davlat kotibi o`rinbosari Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi





28 oktyabr kuni O`zbekistonga tashrifi doirasida AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo`yicha o`rinbosari Tomas Shennon Samarqand shahrida bo`lib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi, deb xabar berdi “Uz24.uz” nashri. 

Bu haqda AQSh elchixonasining Facebook'dagi sahifasida ma`lum qilindi.Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan bo`lib o`tgan uchrashuv davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 

Shuningdek, C5+1 shaklidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqa kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (29.10.2016)
Просмотров: 596 | Теги: Islom Karimov, Abdulaziz Komilov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar