AQShda ayol kishining boshiga ikki kilogrammlik laqqa baliq qulab tushdi



AQShda ayol kishining boshiga taxminan 15 metr balandlikdan laqqa baliq qulab tushdi. Baliq yirtqich qushning panjasidan tushib ketganligi taxmin qilinmoqda, deb yozadi TJournal.

Filadelfiyada istiqomat qiluvchi Liza Lobri fitnes klubga ketayotganda unga laqqa baliq qulab tushgan. Guvohlarning ma’lum qilishicha, shu yaqin atrofdan qirg‘iy yoki burgut uchib o‘tgan. Ularning fikricha, qush o‘ljasini qo‘ldan chiqargan bo‘lishi mumkin.

Lobrining so‘zlariga qaraganda, zarba juda og‘riqli bo‘lgan va u dastlab nima bo‘layotganligini tushuna olmagan. Hodisa oqibatida uning yuzi tirnalgan va shishib ketgan.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: AQShda ayol kishining boshiga ikki
Просмотров: 1017 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 16:23
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz