AQSHDA Galaxy Note 7 smartfonlari yonishi bilan bog'liq 70 ta holat qayd etildi



AQShda Galaxy Note 7 smartfonlari sotilishi boshlanganidan beri ularning yonib ketishi bilan bog`liq 70 dan ortiq holat qayd etildi, deb yozadi “Tjournal” Kanada hukumati va Samsung kompaniyasining axborotiga asoslanib.

Hozirgi kunga qadar dunyo bo`yicha Note 7 smartfonlarining yonishi bilan bog`liq 35 ta holat qayd etilgan edi.

Biroq 13 sentyabrda Kanada hukumati saytida yangilangan ma`lumotlar paydo bo`ldi. Health Canada va Samsung Canada bir marta smartfon batareyasi yonib ketganini aniqladi. Yong`in oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Ma`lumotlarga ko`ra, Kanadaning o`zida Note 7 smartfonlari sotila boshlanganidan so`ng tezda qaytarib berish shart bo`lgan 21 953 ta apparat sotilgan.

Hozirgi paytda Note 7 smartfonlarini o`nlab aviakompaniyalar samolyotlarida quvvatlantirish va undan foydalanish taqiqlangan.

Samsung kompaniyasi esa mijozlarni xavfli uskunalardan himoya qilish maqsadida masofadan turib mazkur qurilmalarni o`chirish rejasini ko`rib chiqmoqda.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: AQSHDA GALAXY NOTE 7 SMARTFONLARI Y
Просмотров: 969 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:21
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz