AQShda Jim Kerriga qarshi ilgari surilgan da’vo arizalari rad etildi

Amerikalik aktyor Jim Kerriga nisbatan sudga taqdim etilgan sobiq qiz o‘rtog‘i Katriona Uaytni o‘lim bilan bog‘liq da’volar rad etildi. Bu haqda Hollywood Reporter nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq Katriona Uaytning onasi Brijit Suitman Los-Anjeles sudiga Gollivud aktyorining noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida qizi vafot etganligi borasida da’vo arizasini taqdim etgandi. Suitmanning ta’kidlashicha, uning qizi Kerri sotib olgan noqonuniy dori vositalari oqibatida halok bo‘lgan. Shuningdek, bu kabi da’vo arizasini sudga marhumaning turmush o‘rtog‘i Mark Berton ham bergan. Kerri o‘z nomiga bildirilgan shikoyatlarni vaziyatdan foydalanish deb atagan edi.

Aktyorning vakilini tasdiqlashicha, Kerriga nisbatan surishtiruv ishlari 25-yanvar kuni to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, mashhur amerikalik aktyor Jim Kerrining ma’shuqasi Katriona Uayt Los-Anjelesdagi uyida o‘z joniga qasd qilgan edi. Keyinroq Katrionaning jasadi yonidan aktyorning nomiga yozib berilgan kuchli ta’sir qiluvchi dorilar topilgani xabar qilingan edi.

 



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Jim Kerri
Просмотров: 1214 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz