AQShda politsiyachilar “Tez yordam” seriali orqali tanilgan aktrisani otib o‘ldirdi


AQShning Los-Anjeles shtatida politsiyachilar “Tez yordam” seriali orqali tanilgan aktrisa Vanessa Markesni o‘z uyida otib o‘ldirdi. Bu haqda Sputnik  xabar bermoqda. 

Politsiyachilar psixika buzilishidan aziyat chekkan 49 yoshli aktrisaning uyiga uy egasining iltimosiga ko‘ra kelgan. Uy egasi aktrisaning holidan xabar olish uchun shunday yo‘l tutgan.

Politsiyachilar va psixiatrlar bir yarim soatdan ko‘proq shifokorlardan yordam olishga ko‘ndirishga uringan.

Muloqot davomida Markes pnevmatik to‘pponchani olib, uni politsiyachilarga o‘qtalgan. Politsiyachilar esa qurolni haqiqiy deb o‘ylagan va aktrisani otib tashlagan.

Markes olgan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Vanessa Markes “Tez yordam” serialidagi Vendi Goldman roli bilan tomoshabinlarga tanilgan.



Категория: DUYNO XABARLARI
Просмотров: 2950 | Рейтинг: 4.0/1

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz