AQShda suriyalik harbiylarga aviazarba berilgani tan olindi



AQSh markaziy qo'mondonligi Suriyaning Daur-az-Zor shahri yaqinida hukumat qo'shinlari pozitsiyalariga IShIDga qarshi halqaro kolalitsiya samolyotlari tomonidan aviazarbalar berilganini tan oldi va bu zarbalar haqida Rossiyaga ma`lumotlar berganini ma`lum qildi.   

"Zarba berilgan joy koalitsiya avval zarba bergan hududda bo'lgan va harbiy operatsiyalar birlashgan markazidagi koalitsiya a`zolari berilajak aviazarba haqida rossiyalik hamkasblarini habardor qilgandilar", deb aytildi Pentagonda.  

AQSh vakillari IShID jangarilari pozitsiyalariga zarba berilmoqda deb o'ylaganlarini, biroq Rossiyadan bu hududda suriyalik harbiylar bo'lishi mumkinligi haqidagi ma`lumotni olgach, darhol samolyotlarni ortga qaytarganlarini aytganlar.

Aviazarba oqibatida 62 nafar suriyalik harbiy halok bo'lgan, 100 dan ko'prog'i jarohat olgan. AQSh tomoni ma`lumotlariga ko'ra, koalitsiya suriyalik harbiylarni jangarilar bilan adashtirib qo'ygan. 

AQSh prezidenti Barak Obama ma`muriyati suriyalik harbiylar pozitsiyalariga "ataylab berilmagan" aviazarba munosabati bilan afsuslanish bildirdi.


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: AQShda suriyalik harbiylarga aviaza
Просмотров: 905 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz