Artur Taymazov Rossiya Davlat dumasi deputatiga aylandi



Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston delegatsiyasi safida 4ta Olimpiadada ishtirok etib, shularning 3tasida oltin medalga ega chiqqan Artur Taymazov Rossiya Davlat Dumasi uchun o'tkazilgan saylovlarda Shimoliy Osetiya okrugida «Yedinoy Rossii» vakili sifatida saylandi.

Shimoliy Osetiyada Davlat dumasidagi 1 mandat uchun 7 nomzod kurashgan. 19 sentyabr' kuni Artur Taymazov uchun 281 186 ovoz berilgani ma`lum bo'ldi. Ikkinchi o'rinni «Spravedlivoy Rossii» partiyasi vakili Gariy KuchiYev (19 623 ovoz), uchinchi o'rinni esa «Kommunisty Rossii» partiyasi vakili Nugzar Musul'bes egallagan (7122 ovoz). 

Artur Taymazov 2000 yilgi Sidney Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2004, 2008 va 2012 yilgi Olimpiadalarda oltin medal' egasiga aylangan.

Sportchi Osiyo o'yinlarining uch karra g'olibi ham hisoblanadi. 2002, 2006 va 2010 yilgi turnirda unga teng keladigan sportchi topilmagan. Jahon Chempionatlarida Taymazovga ikki marta oltin, ikki marta kumush va 1 marta bronza medali nasib qilgan.


Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Artur Taymazov Rossiya Davlat dumas
Просмотров: 1200 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:17
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz