Asakadagi GM Uzbekistan zavodida chekish taqiqlandi


Asakadagi GM Uzbekistan kompaniyasi rahbariyati qaroriga muvofiq, zavod hududi tamaki mahsulotlaridan holi zona, deb e’lon qilindi. Bu haqda "12uz” nashri xabar berdi.

Qaror qabul qilingan vaqtdan e’tiboran, Asaka zavodida chekish barcha xodimlarga taqiqlanadi. Ushbu qaror yong‘inga qarshi xavfsizlik maqsadida qabul qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda erkak chekuvchilar soni 2002-yildan buyon 8 foizga kamaydi. Ayni vaqtda bu ko‘rsatkich 22 foizni tashkil qiladi. Mamlakatda 3% ayollar tamaki chekadi. 

Ekspertlarning fikricha, bu natijaga hukumat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar yordamida erishilgan. Tamaki mahsulotlari reklamasining butkul taqiqlangani, tamaki mahsulotlari tarqatilishi cheklangani va  2012-yilda tamakiga qarshi kurash bo‘yicha JSSTning konvensiyasi ratifikatsiya qilingani shular jumlasidandir.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: Asakadagi GM
Просмотров: 1292 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:08
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz