Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Avaz Oxun Hojiboy Tojiboevning qizi Intizorning e`tirozlariga javob qaytardi



 

Xabaringiz bor, bundan chamasi bir oy oldin Hojiboy Tojiboevning so`nggi kunlari qanday kechgani, taniqli so`z ustasining o`limidan so`ng uning shogirdlari san`atkorning oilasiga qanday e`tibor ko`rsatgani haqida uning qizi Intizor bilan uyushtirilgan intervyuni saytga joylagandik. 

Intervyuda Intizor Tojiboeva “Dadamni ustoz deb ataganlar hatto uyimiz qaerdaligini ham bilmaydi”, deb aytgandi. Qiziqchi Avaz Oxun Intizor nazarda tutgan ana shunday shogirdlar orasida bor yoki yo`qligi to`g`risida “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida javob berdi:

— Yo`q, albatta. Men Hojiboy akaning uyga ko`p marta borganman. Internetga, ijtimoiy tarmoqlarda ketayotgan muhokamalarga qiziqmayman. Bu haqda eshitgan, ko`rgan tanishlarim gapirib turadi. Men hozir o`zimni oqlab, kimnidir yolg`onchiga chiqazib qo`yish niyatim yo`q va bu savol borasida chuqurlashishni istamayman.


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (10.06.2016)
Просмотров: 1008 | Теги: Intizor Tojiboeva, Avaz Oxun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar