Avaz Oxun: Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi sifatida emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak

Obid Asomov “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida farzandlari bilan Avaz Oxunning konsertiga tushgani, lekin qiziqchining gaplariga umuman kulmaganini bildirgandi. “Diydor aziz” nashri taniqli so‘z ustasining aytganlariga munosabatini bilish uchun Avaz Oxun bilan bog'landi

— Bilasizmi, so‘z ustalari, ya’ni hamkasblarimni kuldirish qiyin. Chunki ular latifalarimizni eshitib, kamchilik va yutuqlarni tahlil qiladi. Mazza qilib kulish uchun konsertga so‘z ustasi, “mutaxassis” bo‘lib emas, tomoshabin bo‘lib tushish kerak, — deydi Avaz Oxun. — Biz ham repetitsiya jarayonida uncha-muncha hazillarimizga kulmaymiz. San’atkor hamkasbining gaplariga kulmasa-da, yuziga tabassum yugurmasa-da, “shu yerini boplabdi, topib gapiribdi” deya tan berishi mumkin. Yaqinda “Handalak”chilarning konsertiga tomoshabin sifatida tushdim va yaxshi madaniy hordiq chiqardim, yurakdan yayrab kuldim.


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Avaz Oxun
Просмотров: 1503 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:35
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz