Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Avaz Oxun va Alijon Isoqovning birgalikdagi konserti fonogrammada bo‘ladimi yoki jonli ijroda?





Qiziqchi Avaz Oxun va xonanda Alijon Isoqov noyabr oyida “Istiqlol” san’at saroyida birgalikda konsert beradi. Konsert dasturi uchun chiqarilgan reklama bilbordlarida konsert jonli ijroda o‘tishi yozilgani holda saroy kassalarida “Konsert fonogrammada o‘tadi” mazmunidagi bannerlar o‘rnatilgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad xonanda Alijon Isoqovga murojaat qildi.
 Konsert dasturimizning sanasi aniq bo‘lishi bilan “Istiqlol” san’at saroyining kassasi uchun shoshilinch “Fonogramma orqali ijro etiladi” mazmunidagi banner chiqarilgan ekan, — dedi xonanda Alijon Isoqov. — Ko‘chalarga bilbordlar ilinishi oldidan: “Qo‘shiqlarni 100 foiz jonli ijroda aytaman” deganim uchun, dasturning jonli bo‘lishi yozilgan bannerlar ilindi. Bizga bu masalada juda ko‘p muxlislarimiz murojaat qilishdi, ularga ham dastur 100 foiz jonli ijroda bo‘lishini aytyapmiz. Kassalar oldidagi bannerlarni ham o‘zgartirib qo‘yamiz.
 
— Nima sababdan o‘z yakkaxon konsertingizni taqdim etmayapsiz?
— Hozirgi kunda konsert berish juda ham qiyin. 180—200 million so‘m sarflab konsert berish bir san’atkorga og‘irlik qilarkan. Yangi yilda bir tadbirda Avaz Oxun bilan birga xizmatda bo‘lib, birga konsert berish haqida maslahatlashib olgan edik. Rahmatli Hojiboy Tojiboyevning so‘nggi konsertida ham mehmon san’atkor sifatida qatnashgandim. Xudo xohlasa, kelasi yil may oyida “Istiqlol” da jonli ijroda konsert taqdim etish niyatim bor va bu yo‘lda harakatdaman.
 
— Bo‘lajak konsertning moddiy tomonini kim ko‘taradi?
— Avaz Oxun bilan birgalikdagi konsertimizning moddiy tomoni asosan tashkilotchilar zimmasida. Men ham qisman hissa qo‘shganman. Konsertga sarflanadigan mablag‘ning 15 foizini men qoplasam, qolganini konsert tashkilotchilari o‘z bo‘yniga olgan.

Источник: Daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (09.10.2016)
Просмотров: 205 | Теги: Avaz Oxun | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar