Ayollar kostyum-shim kiyishda yo‘l qo‘yadigan xatolar

Yorqin rangdagi kostyum-shimlarni kiyish ko‘proq zamonaviy ayollarga xos. Ammo bu borada ayrimlar bir qancha xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Ularni takrorlamaslik uchun quyida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. 
Bugungi kunda ikki tugmali kostyum-shimlar trendda. Ammo modaga intilish ortidan tashqi ko‘rinishga putur yetkazmaslik zarur. Ushbu bichimdagi ustki kostyum qomatni biroz semiz qilib ko‘rsatadi. Agar chindan ham beldan yuqori qismini biroz to‘laroq ko‘rinishini istovchilar bo‘lsa, bu yaxshi fikr. Ammo bu borada kostyum kengligidagi shimni tanlash tavsiya etiladi. Shundagina liboslar bir-birini to‘ldiradi.
Agar shim biroz tor bo‘lsa, kostyum o‘z-o‘zidan keng ko‘rinishni hosil qiladi. Kostyumning noto‘g‘ri yeng uzunligi ham navbatdagi xatolarning biri bo‘lishi mumkin. Mukammal holda yeng qo‘l suyagi ustida tugashi kerak. Aynan shu uzunlik qomatga mos nisbatni yaratadi. Agar bo‘yni vizual tarzda uzun qilishni istaydiganlar bo‘lsa, kostyum yengi yanada kaltaroq bo‘lishi kerak. Kaft qismiga tushib turuvchi yenglar esa o‘z-o‘zidan bo‘yni pastroq hamda qo‘lni gavdaga nisbatan uzun ko‘rsatadi. Natijada tashqi ko‘rinishda nomutanosiblik paydo bo‘ladi. 
Oyoq kiyimni yopadigan uzunlikdagi keng shim bo‘yi past qizlarga mos kelmaydi. Ammo bu umuman kostyum-shim kiymaslik kerak degani emas. Bunday holda libosning uzunligi haqida yaxshilab o‘ylash va bo‘yga munosibini tanlash tavsiya etiladi. Agar shim uzunligi poyabzalni oxirigacha yopmasa, bo‘yni balandroq ko‘rsatadi. Ammo buning aksi bo‘lsa, atrofdagilarda xuddi boshqa birovning kiyimini kiyib olgandek taassurot paydo bo‘lishi mumkin.


Категория: DUYNO XABARLARI
Просмотров: 2358 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz