Ayollar o‘rtasidagi Qur’on musobaqasining respublika bosqichi jonli efirda namoyish etilmoqda


Bugun, 25-aprel kuni Toshkent shahrida Qur’on musobaqasi respublika bosqichining ayol-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari boshlandi. Ushbu bellashuvlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Muslim.uz” portalining YouTube’dagi kanalida jonli efirda namoyish etilmoqda.

Musobaqa O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi anjumanlar saroyida (sobiq O‘zMU madaniyat saroyi) bo‘lib o‘tmoqda. Bellashuv ertaga 26-aprel kuni ham davom etadi. Musobaqada jami 51 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashadi.

Qur’on musobaqasini onlayn tarzda kuzatib borish istagida bo‘lganlar Beruniy ko‘chasi 41-uyda joylashgan “Ko‘rgazma savdo markazi” (mo‘ljal: “Beruniy” metrosi) binosiga va “Minor” masjidiga taklif etiladi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 800 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 17:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz