Aziza Niyozmetovaning kiyinishi va pardozini tanqid qilganlarni xonanda “tupoy”ga chiqardi


Yaqindagina O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Toshkentdagi restoranlardan birida taqdim etgan konsertiga juda ochiq libosda borgani uchun muxlislar tanqidiga uchragan edi. Kuni kecha xuddi shunga o‘xshash holat xonanda Aziza Niyozmetovada ham takrorlandi.

Gap shundaki, xonanda Aziza Niyozmetova oynaga qarab turib, o‘zini o‘zi suratga olgan. Pardoz-andozni o‘rniga qo‘yib, gullar oldida qoshini chimirib suratga tushgan Niyozmetova suratni Instagram’dagi sahifasiga joyladiyu baloga qoldi. Xonandaning suratiga tinimsiz izohlar qoldirildi. Ularning aksariyatida internet foydalanuvchilari Aziza Niyozmetovaning ochiq va tor liboslar kiyishini hamda haddan ziyod pardoz qilishini yozishgandi. Albatta, xonandaning tarafini olib, uni oqlaganlar ham ko‘p bo‘ldi. Biroq Aziza Niyozmetova izohlar orasidan o‘zigagina ijobiy ko‘ringanlarini qoldirib, qolganlarini o‘chirib yubordi.

Xonanda uni qoralab, tanqid qilib izoh qoldirganlarni ham ayab o‘tirmadi, gap sandig‘idagi eng saralarini javob qilib yo‘lladi.

Foydalanuvchilardan biri esa Aziza Niyozmetovani Yulduz Usmonovaning shogirdiligini aytib, “Nima bo‘libdi, Yulduz ham shunaqa kiyinadi-ku...”, – deya izoh qoldirdi. Bu muxlisning bergan daldasi Niyozmetovaga yoqib tushdi chog‘i, uning modasini tushunmaydiganlarni birvarakayiga “tupoy”ga chiqardi.

Bugungi muxlis kechagisidan ancha farq qiladi. U xonandaning nafaqat qo‘shig‘iga, balki odobi, sahna madaniyatiga ham e’tiborli. Shu sabab Aziza Niyozmetova qoralaganlarni “tupoy”ga chiqarmay, tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqarsa, yomon bo‘lmasdi. 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Aziza Niyozmetova
Просмотров: 2612 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:11
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz