Главная » DUYNO XABARLARI

Barak Obama AQSh prezidenti sifatida so‘nggi bor nutq so‘zladi






AQSh prezidenti sifatidagi faoliyati tugab borayotgan Barak Obama Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida davlat rahbari sifatida so‘nggi bor nutq so‘zladi.
 
Prezident so‘zga chiqar ekan, dunyoda o‘tgan yillar mobayniida ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidladi, biroq u mamlakatda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish lozim ekanini aytdi.
 
Shuningdek, prezident qochqinlar muommosiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu fojia biz bilan, bizning oilamiz bilan, bizning farzandlarimiz bilan sodir bo‘lganidek tassavvur qilishimiz kerak. Shuni anglash kerakki, agar biz murakkab ahvoldagi davlatlarga yordam berish uchun birlashsak, butun dunyoda xavfsizlik ta’minlangan bo‘lar edi, deb ta’kidladi Barak Obama.
 
Prezident nutqida demokratiyaga, inson huquqlari va xalqaro huquq tamoyillariga ishonishini va har doim ularga suyanishini aytdi.
 
Rossiya Federatsiyasining dunyoda yo‘qolgan obro‘sini qaytarish harakatlarini tanqid ostiga oldi.
 
Agar Rossiya qo‘shni davlatlar ishlariga aralashishni davom ettirsa, u faqat o‘z uyida mashhur bo‘lishi mumkin va muayyan vaqt oralig‘ida milliy ko‘tarilish oloviga moy sepib turadi, ammo yillar o‘tgani sayin Rossiyaning dunyoda egallab turgan mavqei pasayadi  va mamlakat sarhadlari ancha kuchsiz bo‘lib qoladi.
 
Davlat rahbari Ukraina xaqida so‘z ochar ekan,  u yerdagi hokimiyat o‘zgarishi tashqi kuchlar ta’sirida emas, balki halqning xohish-irodasi bilan amalga oshganini ta’kidladi.
 
Suriyadagi hodisalar ustida to‘xtalganda mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini tan oldi.
 
Falastinliklarni Isroil davlatini tan olishga Isroilni esa falastin yerlarini bosib olishdan voz kechishiga chaqirdi.
 
Shunday qilib, AQSh prezidentining so‘nggi nutqi o‘z nihoyasiga yetdi. Undagi gaplar, nechog‘lik dolzarb bo‘lmasin, xuddi o‘limi yaqin qolgan she’rning so‘nggi narasiga o‘xshaydi.

 

Источник: qalampir.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (22.09.2016)
Просмотров: 639 | Теги: Barak Obama | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar