Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Bastakorlar e`tirozi: “Xonandalar bizning pulimizni hisoblamasin!”




San`atning barcha yo`nalishlari vakillarini bahsga chorlab, eng dolzarb mavzular borasida bahs-munozara yuritayotgan “RING” loyihasiga bu gal qo`shiq mualliflarini taklif etdik. Bu yo`nalish vakillari doim kadr ortida bo`lgani uchun, ko`pchilikka yaxshi tanish emas. Shu sabab avvalo ularni tanishtirib o`tsak: Eldor Qayumov — xonanda Munisa Rizaevaning “Gollivud”, “Sakramento” qo`shiqlarini yozgan.  Bahodir Nizomov esa Ziyoda va Dilso`zning so`nggi xit qo`shiqlari muallifi. Endi esa ularning muammolariga quloq tutamiz.

B.N.: — Ko`pincha xonandalarga qo`shiq sotayotganimizda “stavka” qo`yib olibsizmi deb e`tiroz bildirishadi. Nega endi ular bizning  pulni hisoblashi kerak deb o`ylab qoldim. Ular biz yozib bergan qo`shiqlarni yuzlab to`ylarda kuylab, bizdan ko`ra ko`p pul yig`ib olishyapti-ku. Biz ularning pulini hisoblamaymiz, bu bizga kerak ham emas. Biz qo`shiq mualliflari, qilgan mehanatimizga, ularga taqdim etgan qo`shiqning noodatiy, qaytarilmaslik darajasiga qarab narx qo`yamiz. Bu bozor iqtisodiyoti. Hamma ehtiyojidan kelib chiqqan holda ishlaydi.

E.Q.: — Menga ham bu savol bilan ko`p murojaat qilishgan. Lekin o`zim hech qachon ishimga narx belgilamaganman. Doim xonandaning muammilasi, sharoitiga qarab ishlaganman. Hatto sovg`a qilingan mashhur qo`shiqlar ham bor.

Loyihaning to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining 4 avgust kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mum
kin.

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (03.08.2016)
Просмотров: 287 | Теги: Xonanda, bastakor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar