Главная » BILASIZMI?

Baxtli insonlarda mavjud bo`lgan 9 qoida




 

Baxt — bu bizning nazarimizda erishib bo`lmaydigan holat, ammo uni juda oson qo`lga kiritish mumkin.

AdMe.ru hayotdan bahra olishni biladigan insonlarning qanday odatlari borligini aniq biladi va bu haqida o`quvchilarga so`zlab beradi.

Aniqlanishicha, 70 yoshdan oshganda hayoti davomida yaqinlari bilan aloqalarni buzmagan insonlar eng baxtli bo`lishar ekan.

So`rovnomalarda aksariyat baxtli odamlar puldan ko`ra ko`proq vaqtlari bo`lishini afzal ko`rishlarini aytishgan. Ular yashashning o`zidan lazzatlanishadi.

Tadqiqotchilar daromadlarni real baholab, harajat qilishni tavsiya etishadi. O`zingizni qiynagan holda hech nima harid qilmang.

Atrofidagi mayda go`zalliklardan ham bahra olishni biladigan insonlar hayotlaridan qoniqib, boshqalardan ko`ra baxtli yashashadi.

Do`stlar davrasida o`tkazilgan vaqt har qanday insonni baxtli qiladi. Ayniqsa o`zini baxtli deb biladigan insonlar davrasidan ko`proq lazzatlanish mumkin. Ularning kayfiyati yuqumli bo`ladi.

Psixologlar yaqinlariga e`tibor va mehr ko`rsatishni biladigan insonlar bunday qilmaydiganlaridan baxtliroq ekanligini aniqlashdi.

Hissiyotlar uchun pul sarflayotganlar baxtli insonlardir. Biror buyumni harid qilgan insondan, bu pullarni sayohatlarga sarflaganlarning hursandchiligi uzoqroq davom etadi.

Jismoniy mashqlar ruhiy va stress holatlardan tezroq chiqishga yordam beradi. Bundan tashqari jismoniy faollik baxt hissiyoti bilan bevosita bog`liq.

Har bir onning qadriga etishni va undan lazzatlanishni biladigan odam boshqalardan baxtliroq.


Источник: darakchi.uz
Категория: BILASIZMI? | Добавил: AdminoFF (27.09.2016)
Просмотров: 345 | Теги: maslahat, Baxt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar