Baxtli oilalardagi biz ko'rmaydigan 10 ta jihat



“Baxtli oilalarning barchasi bir-biriga o`xshaydi”, — deb yozgandi Lev Tolstoy “Anna Karenina” romanida. Yozuvchi haqmidi? Nahot barcha baxtli oilalarda qandaydir umumiy xislat bo`lsa? “Deti.mail.ru” psixologlar fikricha, baxtiyor oilalarni birlashtiruvchi 10 ta odatni sanab o`tdi.

 

1. Ular bir-biri haqida qarindosh va do`stlariga shikoyat qilmaydi

Baxtiyor er-xotin o`z munosabatlariga uchinchi shaxslarni jalb qilish kerak emasligini biladi.Agar tushunmovchilik yuzaga kelsa, ular bir-biri bilan ochiqchasiga gaplashib oladi. Ayolning dugonalari va erkakning do`ctlari betaraflikni saqlay olmaydi va munosabatlaringizga faqat putur etkazishi mumkin, xolos.

 

2. Ular bir-birini boshqalar bilan solishtirmaydi

Baxtiyor er-xotin bir-birini boricha, barcha kamchiliklari bilan qabul qiladi va sevadi. Ular bir-birining kamchiliklari ustidan kulmaydi, qarashlar va fikrlardagi tafovutni qabul qiladi hamda bir-biriga o`sishda yordam beradi.

 

3. Ular o`zini qurbon qilib ko`rsatmaydi

Baxtli juftliklar bir-birini o`z muammolarida ayblamaydi, aksincha hodisa uchun javobgarlik ikkalasining ham bo`ynida ekanligini anglaydi.

 

4. Ular doim ham jiddiy emas

Baxtli oilalar xursandchilik qilishni, kulishni, hazillashishni, va shu tariqa o`z munosabatlarini yangilashni biladi. Hayot ularga qarshi chiqqanda ham ular muammo ustidan kulish imkoniyatini topadi.

 

5. Ular bir-birini tanqid qilmaydi va “egovlamaydi”

Baxtiyor juftliklar bir-birining yaxshi xislatlarini ko`rishga harakat qiladi, muammolar yuzaga kelganda esa nima sodir bo`layotganini anglashga urinadi. Agar juftingiz ko`nglingizga xush kelmaydigan narsani qilayotgan bo`lsa, unga bu haqda aytishning maqbul yo`lini toping. Tanqid va ko`z yoshi yordamida istagan narsangizga erisha olmaysiz — bunda kishi sizni tinglamay qo`yadi va sizning u haqdagi past fikringizni tasdiqlash uchun qasdma-qasdiga ish tutadi.

 

6. Ular fikrlarni o`qishga urinmaydi

Baxtli er-xotin bir-biriga o`z ehtiyojlari haqida qanday ma`lum qilishni biladi. Biz endi katta odamlarmiz va bizda yashirincha xafa bo`lish o`rniga, bizga kerak narsani so`rashning turli usullari bor. Agar sizga e`tibor etishmayotgan bo`lsa, bu haqda bildiring. Ochiqchasiga bildirish — barkamol va mustahkam aloqalarning asosi.

 

7. Ular faqat o`z rollariga “yopishib qolmagan”

Baxtli juftliklar gender rollari masalasiga juda qat`iy tarzda yondashmaydi. Ular o`zgaruvchan va ko`p vazifali bo`la oladi: bugun siz ovqat pishirasiz, ertaga — men, bugun bolaga men qarayman, ertaga — siz va hokazo.

 

8. Ular bir-biriga baqirmaydi

Hadeb baqirishga o`tib ketaveradigan kishi beqaror va o`ziga ishonmagan odamdir. Er-xotin munosabatlarida baland ohangdagi suhbatlarga yo`l qo`yib bo`lmaydi, chunki vaqt o`tishi bilan ular bir-birini eshitmay qo`yadi.

 

9. Ular har ishda bir-birini nazorat qilavermaydi

Rashk qilish, nazorat qilish, hukmdorlik qilishga urinish — o`ziga bo`lgan ishonchi etarli bo`lmagan hollarda kuzatiladi. Umr yo`ldoshingizga o`z “hudud”iga ega bo`lishiga qo`yib bering, shunda u sizga ko`proq intiladi.

 

10. Ular bir-biridan mukammallikni kutmaydi

Umr yo`ldoshingiz “oq otdagi shahzoda” bo`lishini kutasiz, ammo real odam va uning kamchiliklari bilan duch kelgach, hafsalangiz pir bo`ladi, zardangiz qaynaydi. O`zingiz va boshqalarni o`z holicha qabul qilish vaqti keldi. Juftingizdan yaxshi tomonlarni izlang, uni yutuqlari uchun maqtang.


Категория: BILASIZMI? | Теги: Baxtli oilalardagi biz ko'rmaydigan
Просмотров: 1523 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 07:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz