Beeline’ning saxiyligi ortida nima yotibdi?


Beeline kompaniyasi internet tarmog‘ida o‘zingizni chegaralamang deyayotgani qaerdayu abonentlarni o‘zi chegaralab qo‘yayotgani qaerda?
13 dekabr kuni Beeline kompaniyasi abonentlariga kompaniya tomonidan Status Gold Online va Status Platinum Online ta’riflariga ulaning va internet tarmog‘ida o‘zingizni chegaralamang, deb yozilgan sms xabar yetib keldi.

Mazkur xabarni o‘qigan va Beeline’ning cheksiz internetidan foydalanishni istaganlar ushbu ta’rif haqidagi ma’lumotlarni kompaniyaning rasmiy saytiga kirib o‘qigan bo‘lishlari mumin. Unga ko‘ra Status Gold Online ta’rifida abonentlarga 29.99 AQSh dollari evaziga 5000  daqiqa, 5000 ta sms va 500 mb internetdan bepul foydalinish imkoni berilgan. 500 mblik internet tugaganidan so‘ng, internet soniyasiga 50 kb tezlikda ishlaydi. (!)

Status Platinum Online ta’rifida esa belgilangan miqdor yuqoridagidan biroz ko‘p. 49.99 AQSh dollari evaziga 10000 daqiqa, 10000 ta sms va 1000 mb internet paketi taqdim etiladi. 1000 mb internet paketi tugagach, telefoningizdagi internetning tezligi o‘z-o‘zidan soniyasiga 64 kbga tushadi.

Beeline kompaniyasi o‘z abonentlariga tarqatayotgan sms xabarnomalarida “...ulaning va internet tarmog‘ida o‘zingizni chegaralamang!”, – deb  alohida ta’kidlayotgani qaerdayu bu yo‘l bilan abonentlarni o‘zi chegaralab qo‘yayotgani qaerda?  Internetda o‘zingizni chegaralamang degan kompaniya so‘zda emas, amalda ham buni isbot qilsa yomon bo‘lmasdi. Chegaralanmagan internet xizmati degani – internetning nafaqat megabayti, balki tezligiga ham taalluqli ekanini kompaniya rahbariyati unutgan ko‘rinadi. O‘zbekiston aloqa bozorida bir necha yillarda buyon faoliyat yuritayotgan bu kompaniya abonentlar ishonchini oqlash o‘rniga, bu yo‘l bilan uni suiiste’mol qilishini qanday tushunish mumkin. Kompaniyaning bu “saxiyligi” kishini quvontirib, undan minnatdorlik hissini uyg‘otsa, ta’rif haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lgach barcha umidlar chippakka chiqqanini bilmay qolasan kishi.

Albatta, yuqoridagi kabi chalg‘itish usulidan foydalanish, reklamada oshirib-toshirish boshqa kompaniyalar faoliyatida ham uchrab turadigan kamchiliklardan. Bu borada  Beeline birinchi emas. Biroq kompaniya yuqoridagi mulohazalardan xulosa chiqarsa maqsadga muvofiq bo‘lardi. Har qanday xizmat mijoz talabi va imkoniyati, uning xohishlarini inobatga olgan holda olib borilsa, uning mavqei oshib, xalqning ishonchiga kirib boraveradi.
Qamariddin Shayxov


Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI | Теги: Beeline kompaniyasi
Просмотров: 1887 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:37
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz