Beeline va Samsung bonusli aksiya e’lon qildi

Samsung va Beeline “O‘z Galaxy’ngni Beeline bilan tanla!” ulkan aksiyaning boshlangani haqida xabar bermoqda.  20-apreldan 20-iyulgacha Samsung smartfonlarining Galaxy Star, Galaxy Star Plus, Galaxy Trend yoki Galaxy Ace 3 modellaridan biri xarid qilinganda, xaridor Beeline’dan quyidagi bonuslarni qo‘lga kiritadi: tarmoq ichida 300 daqiqa, tarmoq ichida 300 SMS va yarim yil mobaynida har oy 300 Mb.

- Samsung bilan hamkorligimiz bir necha yil davomida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda va bu vaqt ichida minglab mijozlarimiz oldi devayslarning sifatini baholadi, - deydi kompaniyaning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. - Beeline abonentlari uchun yangi eksklyuziv aksiya iste’molchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik va ularning smartfonlari nimalarga qodirligini bilish uchun berilgan yagona imkoniyatdir”.

Beeline’dan bonusga ega bo‘lish uchun smartfon xarid qilinayotgan paytda sotuvchi to‘ldirilgan muhrli kafolat cheki va xarid uchun chekni taqdim qilishi darkor. Aynan shu hujjatlar Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining kiraverishida joylashgan promo-nuqtalarda ko‘rsatiladi. U yerda xaridor sovg‘a kuponini olib, u bilan birga bonuslarni olish uchun operatorga o‘zining fuqarolik pasportini ko‘rsatishi lozim. Agar smartfon egasi avvaldan Beeline abonenti bo‘lsa, uning mavjud raqamiga bonuslar taqdim qilinishi mumkin. 

O‘zbekiston hududida xarid qilingan va bir yillik rasmiy kafolati bo‘lgan Galaxy Star, Galaxy Star Plus, Galaxy Trend va Galaxy Ace 3 modelli smartfonlar aksiyada ishtirok etadi. Bonuslar telefon raqami egasiga yoki yangi abonentga Beeline’ning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida pasport, kafolat taloni, qutidagi telefon va sovg‘a kuponi taqdim etilgan holda beriladi. Bonuslarni olish uchun kupon 2014-yilning 15-iyuliga qadar amal qiladi.



Категория: MOBILE ALOQA KOMPANIYALARI | Теги: Beeline, samsung
Просмотров: 2287 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:52
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz