Главная » FIKR MULOXAZA

Begona odam bilan muloqotga kirishish uchun qo`l keladigan 7 savol




Tasavvur qiling, yangi tanishlar, yangi hamkasblar davrasida o`tiribsiz. Hamma bir-biriga begona bo`lgani uchun suhbatni nimadan boshlashni bilmay, jim o`tiribdi. Ortiq sukut saqlashning iloji yo`q, hatto soatingizning chiqillashi ham eshitilib turibdi. Agar to`g`ri savol berishni bilsangiz, bu vaziyatdan chiqib ketish mumkin, ma’lumot beradi «darakchi» nashri.

1-savol. … ni qayerdan taniysiz?
Variant. Bu kechaga kim bilan keldingiz?

Oddiygina bu savol suhbatdoshingiz bilan umumiy bo`lgan narsa haqida gap boshlashingizga yordam beradi. Suhbat davomida yangidan-yangi savollar tug`iladi.

2-savol. Aynan nimani nazarda tutyapsiz?
Variant. Hech qachon bu haqda eshitmagan ekanman! U qanday ishlaydi?

Har bir odam qayta-qayta savol berib, vaziyatni oydinlashtirishni yoqtiradi. Chunki hech kim axmoq bo`lib ko`rinishni istamaydi. Odam o`zini xuddi hamma bilgan narsadan bexabar qolganday sezadi. Ammo bu erda gap boshqa narsa haqida ketyapti, yangi odam bo`lganingiz uchun atrofingizdagilar buni to`g`ri qabul qiladi. Bundan tashqari bu savol boshqalarni ham qiziqtirayotgani uchun suhbat yoqimli tus oladi.

3-savol. Nima uchun bu kasbni tanlagansiz?
Variant. Bu sohada ishlashingizga kim sababchi bo`lgan?

Odamlar o`zi haqida gapirishni xush ko`rishadi. Bunday savoldan keyin suhbatdoshingiz bergan javob, keyingi savolning tug`ilishiga, suhbatning jonlanishiga ham sabab bo`ladi. Ba`zi hollarda u bilan bitta universitetda o`qiganingiz yoki bir sohada ishlaganingiz ma`lum bo`lishi mumkin. Har ikkalangiz uchun qiziq tuyulgan suhbat o`zgacha, qizg`in tus oladi.

4-savol. (…) da sizga ko`proq nima yoqadi?
Variant. Menga haqiqatan ham (guldasta, bu yer va hokazolar) yoqdi. Sizga-chi?

Bu savoldan keyin yuqoridagi kabi suhbatdoshingiz bilan orangizdagi aloqa mustahkamlanadi va u o`z fikrini bayon qiladi. Agar suhbatdoshingiz gapingizni ma`qullamasa, eng qizig`i shundan keyin boshlanadi. Qarabsizki, shu bilan suhbatingizning nihoyasi ko`rinmaydi.
5-savol. Sizga qaysi restoran yoqadi?
Variant. Qaysi restoranga borsam odamlar kamroq bo`ladi?

Odamlar tadqiqot qilishni, turli sinovlar o`tkazishni yoqtirishadi. Agar bu shaharga ilk marotaba kelgan bo`lsangiz, suhbatdoshingiz shu yerlik bo`lsa, sizni shahar bilan tanishtirishiga ishonchingiz komil bo`lsin. U bilan qayerga borishni, qayerda mazali taomlar bo`lishini, qayerda sayr qilish mumkinligini bemalol muhokama qilishingiz va bir talay foydali ma`lumotlarga ega bo`lishingiz mumkin.

6-savol. Nega bunday deb o`ylayapsiz?
Variant. Qiziq… men umuman boshqacha o`ylagandim, sizning gapingizga qaraganda…
Odamlar karyerasi, tug`ilgan shahri, qiziqishi haqida suhbatlashishni yoqtirishadi. Uning so`zlarini diqqat bilan tinglang, suhbat davomida o`z fikrlaringizni ham bildiring.

7-savol. Shu darajaga etgunga qadar, nimalardan qiynaldingiz?
Variant. Agar hammasini boshqatdan boshlash imkoni bo`lganda, yana shu yo`lni tanlagan bo`larmidingiz?

Ko`zlagan maqsadiga etgunga qadar boshidan qanday qiyinchilik va azoblarni o`tkazganini har bir odam maroq bilan so`zlab beradi. Bunday suhbat juda his-hayajonga to`la bo`ladi. Bu savol orqali nafaqat javob, balki qimmatli saboq ham
olasiz.

Источник: gooper.uz
Категория: FIKR MULOXAZA | Добавил: AdminoFF (29.08.2016)
Просмотров: 830 | Теги: Begona odam bilan muloqot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar