Beldersoy hududida 3 nafar snoubordchi halok bo‘ldi


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, Beldersoy hududida 24-dekabr, dushanba kuni 3 nafar snoubordchi halok bo‘ldi. Ularning uchchovi ham Toshkentdan, mahalladosh bo‘lgan, deya  xabar beradi “Gazeta.uz”. 

Guvohlar yigitlarni (ularning ikkisi 19 va 24 yoshda bo‘lgan) taxminan soat 16.00 da kanatkada toqqa ko‘tarilayotganini ko‘rgan. Qutqaruvchilar muzlab qolgan jasadlarni qor ostidan soat 21.00 atrofida chiqarib olgan.

“Ko‘chki aniq bo‘lmagan. Ular man etilgan joylarda, ajralib turuvchi belgilarsiz uchgan. Dastlabki taxmin — ular snoubordda tushayotib qoqilib ketgan va qor uyumiga kelib tushgan”, — ta’kidladi nashrning FVVdagi manbasi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda, o‘lim sabablariga aniqlik kiritilmoqda.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR
Просмотров: 4347 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 23:36
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz