Главная » SPORT YANGILIKLARI

Bilasizmi? Rioda Rossiya bayrog'ini ko'taradigan sportchi O'zbekistonda tug'ilgan



 
Bundan biroz avvalroq, Braziliyada bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarining ochilish marosimida Rossiya terma jamoasi bayrog'ini voleybolchi Sergey Tetyuxin ko'tarib chiqishi haqida xabar qilingandi.
Malum bo'lishicha, voleybolchi Sergey Tetyuxin 1975 yilning 23 sentyabrida Farg'ona viloyatining Marg'ilon shahrida tavallud topgan. 
 
Uning ilk murabbiyi otasi Yuriy Ivanovich bo'lgan. Voleybolning dastlabki sir asrorlarini esa Toshkentning "Kriliya Vostoka" jamoasida o'rgangan.
 
Bungacha 4 marotaba Olimpiada o'yinlarida ishtirok etgan. 
Sidneyda jamoadoshlari bilan birga kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Afina va Pekin Olimpiadalarida bronza medali sohibiga aylangan. Nihoyat, 2012 yil Londonda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida esa Rossiya terma jamoasi safida oltin medallarni qo'lga kiritgan. 

Источник: olamsport.com
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (25.07.2016)
Просмотров: 867 | Теги: Rio-2016 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar