“Bir Muhabbat Tarixi” seriali qahramonlari haqida nimalarni bilamiz?


«Yoshlar» telekanali orqali namoyish etilayotgan «Bir muhabbat tarixi» serialining bosh rol ijrochilari haqida ma’lumot berishga qaror qildik.   

“Mehnat qilsangiz boylikka erishasiz”
– Do‘stlaringiz Asmi deb murojaat qilishlari rostmi? 
– Ha! Yaqinlarim uchun Asmiman. Kinoda esa Asmita Sud deb to‘liq ism-sharifim yoziladi. 
– Xorijiy tillarga qiziqishingiz haqida so‘rasak?
– Hindi va ingliz tillarida so‘zlasha olaman. 
– Siz uchun idelingizdagi inson?
– Onam va aktrisa Kajol! Ularga hamisha havas qilganman. 
– Sevimli mashg‘ulotingiz...
– Musiqa tinglashni, filmlar tomosha qilishni va dunyo bo‘ylab sayohat qilishni yoqtiraman. Albatta, bo‘sh vaqtim bo‘lsa-da. Ko‘pincha buning aksi bo‘ladi (kuladi).
– Yorqin ranglarni yoqtirar ekansiz? 
– Qora va kulrangni jinim suymaydi. Ko‘zga tashlanuvchi ranglar esa kayfiyatni ko‘taradi.
– «Onam tayyorlagan taomlardan boshqasini tan olmayman» bu sizning gapingizmi? 
(kuladi) qaerdan bildingiz?!Chindan ham onam pishirgan taomlarni juda yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, Ximachal-Pradeshsk oshxonasining yeguliklari jonu – dilim. Volidam juda pazanda ayol! 
– Qaysi aktyorlarning ijodini muntazam kuzatib borasiz? 
– Amir Xon, Ranbir Kapur, Tom Kruz, Bred Pitt, Karina Kapur va Kajol – bular mening sevimli aktyor va aktrisalarim. Juliya Roberts, Meril Strip, Enn Xeteuey ijodiga ham qiziqaman. 
– Sizni ta’sirlantirgan film qaysi? 
– «Benjamin Battonning sirli voqeasi». Bu kartinani necha marotaba tomosha qilgan bo‘lsam, har safar yig‘layman. 
– O‘zingizdan mamnun bo‘lasiz...
– Urinishlarimni kimdir e’tirof qilsa, maqtashsa juda quvonaman. Axir rag‘bat «o‘stiradi» da. 
– Ayol uchun eng chiroyli libos? 
– Sari! 
– Ikkisidan birini tanlang: omadmi yoki boylik? 
– Omad! Mehnat qilsangiz boylikka erishasiz! 

PERL V PURI: ONAMNING DUOSI YoRDAM BERDI!
-1989 yil 10 iyulda Hindistonning Chxindvara viloyatida tug‘ilgan. O‘smirlik yillari Agrada o‘tgan. 
Model va aktyor.
-Hindistonning yosh, umidli aktyorlaridan biri bo‘lgan Pirl V Purining kichik intervyusidan parcha keltiramiz. 
-Aktyor bo‘lishingizga otangiz qarshi  chiqqani rostmi? 
-Ha rost. Otam tanlovimni qabul qilmadi. U kishi uning biznesini davom ettirishimni istagandi. Baxtimga onam meni tushundi va qo‘llab-quvvatladi. Uning duosi bilan o‘rnimni topayapman. 
-Asmita Sud bilan munosabatlaringiz haqida...
-Asmi bilan do‘stmiz. Ekrandagi juftliklar haqida gap-so‘z bo‘lishi tayin. 

«Bir muhabbat tarixi» seriali Puriga kutilgan mashhurlikni olib keldi. Jurnalistlarning «Agradan kelgan yigit Mumbayda o‘zini qanday xis qilayapti?» degan savoliga «Katta shaharga yolg‘iz o‘zi kelgan boladek sezayapman o‘zimni. Salobati bosayotgani rost. Odamlar, ayniqsa ko‘cha-kuydagilarning nigohidan noqulay holatga tushayapman. Lekin o‘zim shuni istagandim. Yoqayapti.» deb javob bergandi.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Bir Muhabbat tarixi
Просмотров: 2821 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 02:01
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz