BMT “Boko Xaram”ni qora ro‘yxatga kiritdi

BMT Xavfsizlik Kengashining “Al-Qoida”ga qarshi sanksiyalar bo‘yicha qo‘mitasi Nigeriyada faoliyat olib borayotgan “Boko Xaram” ekstremistik guruhini “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Uning bunday ro‘yxatga kiritilishi natijasida, guruhning aktivlari muzlatiladi, ularga viza va qurol-aslaha yetkazib berish bo‘yicha taqiqlar qo‘yiladi.

“Boko Xaram” terrorchilik tashkiloti Nigeriya shimolida islom davlati tuzish uchun kurash olib bormoqda. Guruh jangarilari doimiy ravishda shaharlarga hujum qilib, odamlarni o‘g‘irlaydi. Bundan tashqari, ular butun mamlakat bo‘ylab shariat qonunlari joriy etilishini yoqlaydi.

14-aprel kuni “Boko Xaram” terrorchilari Nigeriya shimoli-sharqidagi Chibok aholi punktida joylashgan litseydan 276 nafar qizlarni garovga olgan edi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 53 nafari qochishga muvaffaq bo‘lgan, qolgan 223 tasi hali ham bosmachilar qo‘lida.

O‘quv muassasasiga hujumni “Boko Xaram” “g‘arbcha ta’lim to‘xtatilishi kerak, qizlar esa maktabdan ketib, turmushga chiqishi lozim”, — deya izohladi.

 



Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: BMT, Boko Xaram
Просмотров: 1744 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 21:31
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz