Главная » SPORT YANGILIKLARI

Boks. Bektemir Meliqo'ziev Olimpiada finalida! Murodjon Ahmadaliev bronza medali sohibi!




Rio Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev yarim final jangini o'tkazdi.

Hamyurtimiz final ostonasida meksikalik Misael Rodrigesga qarshi jang qildi va raqibini katta ustunlik bilan mag'lub etgan holda final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Endi u Olimpiada chempionligi uchun kubalik bokschiga qarshi jang qiladi. Ushbu jang 20 avgust kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.



 


56 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Murodjon Ahmadaliev Olimpiada yarim finalida kubalik bokschiga qarshi jang qildi.

Kubalik Robizi Ramiresga qarshi bo'lib o'tgan jangda hamyurtimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalanishga majbur bo'ldi.

Hamyurtimizni Olimpiadaning bronza medali sohibi bo'lganligi bilan tabriklaymiz!


Источник: olamsport.com
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (19.08.2016)
Просмотров: 340 | Теги: Rio-2016 boks | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar